Xorazm viloyatida yer osti suvlari yaqin joylashganligi sababli drenaj va kollektor tarmoqlarining o‘rni va ularni soz holatda ishlashi benihoyat muhim. Viloyatda kollektorlarni samarali ishlashi uchun har yili davlat dasturlari asosida meliorativ ob’ektlarni rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
Jumladan, 2024-yil davlat dasturiga kiritilgan Urganch shahridagi xo‘jaliklararo “Aeroport” kollektorining PK-0+00 dan PK-18+00 gacha qismini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ob’ektdagi ishlar “Temir-Beton” MChJ bosh pudrat tashkiloti tomonidan bajarilmoqda.
Hozirgi kunda ushbu obyektga 3 dona ekskavator, 1 dona buldozer, 1 dona avtokran, 2 dona boshqa texnika hamda 18 nafar ishchi-xodimlar jalb qilinib, ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB matbuot xizmati