Sirdaryo tumani irrigatsiya bo‘limiga qarashli “Malik” kanalining PK-213+80 qismida joylashgan yordamchi xo‘jaligida amaliy seminar o‘tkazildi. Unda barcha suv xo‘jaligi tashkilotlarining ma’sul xodimlari ishtirok etdi.
– Yordamchi xo‘jaliklarni tashkil etish va ularni yanada rivojlantirish bu kun talabi, – dedi Quyi Sirdaryo ITHB boshlig‘i o‘rinbosari O.Ahmadqulov. – Tizimdagi barcha tashkilotlar rahbarlari muhofaza maydonlaridagi bo‘sh yerlardan unumli va samarali foydalanishni tashkil etishlari, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishlari zarur.
Tadbirda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida suv xo‘jaligi obуektlari atroflariga ekilgan daraxt ko‘chatlarini parvarishlash hamda sug‘orish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama etilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Sanjar Toshpo‘latov,
Quyi Sirdaryo ITHB matbuot kotibi