Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Nukus va Kegeyli tumanlari irrigatsiya bo‘limlarida idoraviy ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomi, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bosh yuriskonsulti U.Abdiуev yangilangan va jori yil 1-maydan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar haqida tushuntirdi.
Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi shu’basi boshlig‘i S.Xudaybergenova so‘zga chiqib, tegishli qaror va dasturlar ijrosini ta’minlash, ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirish va hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida joriy etilgan “IJRO.GOV.UZ” va “Edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimidan suv xo‘jaligining quyi tizim tashkilotlarining foydalanish darajasi haqida axborot berdi. Xususan, Nukus va Kegeyli tumani irrigatsiya bo‘limlarida qancha hujjat elektron tizim orqali yuborilgan va ularni ijro qilish muddatlari kechikayotgan hujjatlar haqidagi axborotni o‘qib eshittirdi. Mazkur masala har ikkala tuman irrigatsiya bo‘limi rahbarlari va mas’ullari bilan muhokama etildi.
– Ijro intizomi ishimizda samaradorlik omili, – dedi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi shu’basi boshlig‘i S.Xudaybergenova. – Axborot asrida yashamoqdamiz va barcha soha vakillari, shu jumladan, suv xo‘jaligining tizim tashkilotlari xodimlari ham ish faoliyatida, hujjatlar almashinuvi va ularning ijrosini ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi zamon talabidir. Buning uchun avvalo, bugungidek, o‘quv-seminarlarini tashkil qilib xodimlarimizning malakalarini oshirishimiz zarur albatta. Shu bilan birga tizim tashkilotlari rahbariyati mutaxassislarni tegishli inventarlar, zamonaviy kompyuter jamlanmasi va internet aloqasi kabi muhim vositalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratishlari kerak. Seminarlar davomida xodimlarning ish sharoitlari ham o‘rganilib, tegishli taklif va tavsiyalar berilmoqda.
Seminarlarda vazirlikning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Joldasbaуev ham so‘zga chiqib, tizim tashkilotlarida yangidan ish boshlagan yoshlarga “Ustoz-shogird” an’analari asosida tajribali ustozlar biriktirish va sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalarni gapirib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati