Bugun Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tomonidan Piskent tumanida joylashgan “Beshovul” nasos stansiyasida davlat-xususiy sheriklik faoliyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari, tashabbuskor xususiy sheriklar ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilariga davlat-xususiy sheriklik shartlari, loyiha ob’ektlarini tanlash, tegishli hujjatlar (loyiha konsepsiyasi, baholash va moliyaviy hisob-kitoblar)ni ishlab chiqish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, seminarda suv xo‘jaligi obуektlarini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama etildi.
Chirchiq-Ohangaron ITHB matbuot xizmati