Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlangan haftalik grafik-reja asosida Qarshi tumani irrigatsiya boʻlimida ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash, davlat xizmatchilari faoliyat hamda korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan seminar oʻtkazildi.
Seminar qatnashchilariga idoraviy ish yuritish, ijro intizomini taʼminlash, murojaatlar bilan ishlash, davlat xizmatchilari faoliyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida barcha rahbar-xodimlarning huquqiy savodxonligi hamda shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha kerakli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, xodimlarning tartib-intizomi, ishga kelib ketishi, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlishi, oʻz xizmat vazifasini sidqidildan bajarishi, qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik xususida ham toʻxtalib oʻtildi.
Amu-Qashqadaryo ITHB matbuot xizmati