Ayni kunlarda Buloqboshi va Asaka tumanlaridagi ekin maydonlariga suv yetkazib beradigan “Raish” kanalini loyqadan tozalash ishlari borayotir.
“Shahrixonsoy” ITB boshlig‘i Davron Odilovning aytishicha, kanalning umumiy uzunligi 18,9 km, suv sig‘imi 5 m3/sek. ni tashkil etadi. Hozirda bitta ekskavator bilan kuniga 800–900 m3 tuproq ishlari amalga oshirilmoqda.
Kanal tozalab bo‘lingach, suv ta’minoti yanada yaxshilanadi.
Norin-Qoradaryo ITXB matbuot xizmati