Sayxunobod tumanida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini shakllantirilishi va suv xo‘jaligi obуektlarida raqamlashtirish ishlarining tahliliga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda ta’kidlanganidek, Sayxunobod tumanida joylashgan “Sho‘ro‘zak” nasos stansiyasi 2019-yil ishga tushurilgan bo‘lib, 2 dona nasos agregatiga ega va 560 gektar ekin yer maydonlarini suv bilan ta’minlaydi.
Ishtirokchilarga davlat xususiy sheriklik loyihalarini shakllantirish va ularni joriy etish tartibi hamda suvdan oqilona foydalanishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumot berildi.
Ushbu nasos stansiya davlat xususiy sheriklik shartlari asosida tashabbuskor – “Polytex Sirdaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 10 yil muddatga foydalanishga berilmoqda.
Ta’kidlandiki, suv xo‘jaligini raqamlashtirish, suv resurslarini oqilona boshqarish va foydalanish tizimini takomillashtirish va suv iste’moli hisobini yuritishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) va shu kabi tadbirlar belgilab berilgan.
Sanjar Toshpo‘latov,
Quyi Sirdaryo ITHB matbuot kotibi