Joriy yilda Jizzax viloyati suv xo‘jaligi tarmoqlariga jami 174 dona "Dayver" qurilmalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Bugungacha bu boradagi reja ortig‘i bilan uddalandi: 182 dona qurilma uchun shartnomalar tuzilib, ularning 175 donasi texnik shartlarga amal qilingan holda belgilangan nuqtalarga o‘rnatildi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyaning Paxtakor tumani bo‘limida tashkil etilgan seminarda o‘rnatilgan ana shunday qurilmalardan to‘g‘ri va samarali foydalanish yo‘llari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi. “Aqlli” jihozlardan olinayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni Suv xo‘jaligi vazirligi serveriga integratsiya qilish tartiblari eslatib o‘tildi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati