Suv xo‘jaligi obуektlarini raqamlashtirish masalasi O‘zbekiston tumani irrigatsiya bo‘limida bugun bo‘lib o‘tgan navbatdagi o‘quv seminarining asosiy mavzusi bo‘ldi.
Tadbir ishtirokchilariga suv resurslari sathi va sarf ko‘rsatkichlarini onlayn monitoring qilish imkoniyatini beruvchi qurilmalarni tayyorlash va o‘rnatish hamda qurilma to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, ularga qo‘yilgan talablar, qurilma tarkibi, boshqarish moslamasi va bo‘lishi kerak bo‘lgan moslamalari, ishni bajarish uchun qo‘yiladigan talablar, ishonchlilik shartlari yo‘nalishlari afzaliklari, qulayliklari to‘g‘risida tushuncha berib o‘tildi.
Shundan keyin amaliy mashg‘ulot bo‘ldi. Berilgan savollarga javoblar qaytarildi.
Hamidjon BURHONOV,
Sirdaryo-So‘x ITHB matbuot kotibi