“Koza” – Buxoro viloyatidagi yirik suv taqsimlash inshootlaridan biri. Mazkur inshoot orqali Romitan, Peshku, Jondor va Vobkent tumanlarining ekin maydonlariga obihayot yetkazib beriladi.
Ayni kunlarda ahil mehnat jamoasi kuz-qish mavsumida belgilangan ta’mirlash-tiklash va obodonlashtirish ishlarini boshlab yuborishgan. Ishchi-xodimlarning kuchi bilan inshoot atrofini tozalash, uskunalarni ta’mirlash va bo‘yash ishlari olib borilayapti. Bundan tashqari, yordamchi xo‘jalikning 1 gektardan ziyod yer maydoniga kuzgi bug‘doy va to‘qsonbosti ekinlar ekilyapti. Shuningdek, 1 ming tup tok qalamchalari ham tayyorlab qo‘yilgan.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati