Buxoro tumanida 2024-yil hosili uchun 5 ming gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan. G‘alla maydonlarining 850 gektariga yomg‘irlatib sug‘orish uskunalarini o‘rnatish ko‘zda kutilgan.
Ayni kunda fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalari bilan quruvchi tashkilotlar o‘rtasida shartnoma tuzish hamda moliyalashtirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Bir qator fermer xo‘jaliklarida esa zamonaviy texnologiya asosida g‘alla ekinlari yomg‘irlatib sug‘orilmoqda. Kuni - kecha bu muhim agrotexnik tadbir Bog‘dasht hududidagi "Sobirov Mirxon Botirovich" fermer ho‘jaligida ham boshlandi.
Bu yil 15 gektar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish usulini joriy etgan fermer zamonaviy usulning afzalliklarini yaxshi biladi. Shu bois, u 10 gektar g‘alla maydonida yangi usulni joriy etgan. Sug‘orish ishlarining boshlanishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda sektor rahbarlar, qishloq va suv xo‘jaligiga aloqador tuman tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati