“Isfayram-Shohimardon” irrigatsiya tizimi boshqarmasining “Farg‘ona” gidrouchastkasida yordamchi xo‘jalik ishlari yaxshi tashkil qilingan. Uchastkaning 10 sotix yerida mevali bog‘, 6 sotix yerida rezavor o‘simliklar, 4 bosh qo‘y, 20 bosh parranda parvarishlanyapti.
– Bu yil 5 sotix yerda uzumzor barpo qilish uchun qalamchalar tayyorlab qo‘yilgan, – deydi “Isfayram-Shohimardon” ITB boshlig‘i o‘rinbosari A.Karimov. – Bu yil uzum mevasi juda xaridorgir bo‘ldi. Shu bois boshqa uchastkalarimizda ham yordamchi xo‘jalik yerlariga tok ko‘chatlarini ko‘proq ekish rejasi tuzildi.
Hamidjon BURHONOV,
Sirdaryo-So‘x ITHB matbuot kotibi