“Surxondaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi tomonidan “Oltinsoy tumanidagi “Xidirsho” va “Obshir” mahallalar fuqarolar yig‘inlari markaziga “Hazorbog‘” kanalidan sekundiga 250–300 litr suv chiqarish quvvatiga ega yangi nasos stansiyasi qurish” obуektida seminar o‘tkazildi.
Seminarda yildan-yilga o‘tuvchi ushbu obуektda “2-son MKK” MChJ quruvchilari joriy yilda 6 milliard so‘mdan ziyod qurilish-montaj ishlarini bajarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 5 milliard 864,4 million so‘mlik ishlar uddalanib, bu boradagi reja 97 foizga ado etilgani e’tirof qilindi. Quruvchilar “Hazorbog‘” kanalidan suv chiqarish uchun yangidan ikki ko‘tarma nasos stansiyasini qurish jarayonida amalga oshirilgan ishlar sifati nazorat qilinib, quruvchilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Seminarda boshqa obуektlarda ish bajarayotgan pudratchi tashkilotlarning bajarayotgan ishlari tahlil qilinib, vazifani ko‘ngildagidek ado etayotgan pudrat tashkilotlar boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatilib, sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan pudrat tashkilotlarining rahbaru mutaxassislariga belgilangan vazifalarni o‘z muddatida bajarish topshiriqlari berildi.
Seminarda pudratchi tashkilotlar tomonidan duch kelinayotgan muammolar aytilib, davlat muassasasi tomonidan imkon qadar amaliy yordam berishga kelishib olindi.
Seminarda obуektda mo‘ljallangan ishlar 2024-yilga borib yakunlanishi natijasida har ikki mahalladagi 400 gektar qishloq xo‘jalik ekin maydonlari va aholi tomorqalari, shuningdek, yangidan barpo etilayotgan mevali bog‘lar va uzumzorlarni kafolatli suv bilan ta’minlashga erishilishi ta’kidlanib, nasos stansiyasini sifatli qurib topshirish vazifasi mas’ullarga tushuntirildi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati