Mirzaobod tumanidagi D-12 kanalining rekonstruksiyasi jarayonlarining borishini o‘rganish maqsadida ushbu obуektda seminar tashkil etildi. Unda “Sirdaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi, pudratchi tashkilot “PROMTEXSERVISSPESMONTAJ“ MChJ vakillari va tuman irrigatsiya bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Ta’kidlandiki, mazkur obуekt rejasi 5,1 km bo‘lib, amalda 1,9 km ishlar bajarilgan va loyihada ko‘rsatilgan vaqtdan ortda qolgan. Ushbu ob’ektga pudratchi korxona tomonidan 1 dona beton qorish mashinasi, 2 dona ekskavator va 1 dona avtosamosval jalb kilingan. Natijada rejaga nisbatan orqada qolinganligi, ishchi kuchi, mashina mexanizmlar va qurilish maxsulotlari yetarli bo‘lmaganligi sababli ishlar qoniqarsiz deb topildi. Shu sababli buyurtmachi tashkilot – “Sirdaryosuvqurilishinvest” DM va bosh pudratchi – “PROMTEXSERVISSFESMONTAJ” MChJga ogohlantirish berildi.
Shuningdek, seminarda tumanning belgilangan loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlari ham muhokama qilindi. Ishlarning sifatli bajarilishi va jadallashtirilishi, kuzatuv quduqlarda o‘lchov va ta’mirlash ishlarining tezlashtirilishi yuzasidan topshiriqlar berildi. Kollektorlar muhofaza hududlarida sarimsoq piyoz, ismoloq ekinlarini ekish va sug‘orish, kuzgi-qishki tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish ishlari muhokama qilindi va mas’ullarga vazifalar belgilandi.
Quyi Sirdaryo ITHB matbuot xizmati