Amu-Surxon ITHB bosh mutaxassislari tomonidan Boysun tumani irrigatsiya bo‘limida suv xo‘jaligi obуektlariga “Aqlli suv” qurilmalarini o‘rnatish masalasiga doir seminar tashkil qilindi. Seminarda qatnashgan irrigatsiya bo‘limi barcha mutaxassislari, kanal boshliqlari, suvchilar, miroblar ishtirok etib, suv sarfini onlayn monitoring qiluvchi qurilmalar juda zarurligini ta’kidlashib, biroq o‘tgan vaqt davomida o‘zlarining hech bir aybisiz qurilmalar o‘rnatilmaganligi, tumandagi moliyaviy tashkilotlarga qurilmalarni xarid qilish va o‘rnatish bo‘yicha bir necha marta murojaat qilinganligiga qaramay, tumandagi mutasaddi rahbarlar bu boradagi vazifalarga beparvolarcha munosabatda bo‘lishgani bois qurilmalar o‘rnatilmay qolgan.
Yaqinda suv xo‘jaligi vazirligidan moliyaviy ko‘mak berilganligi tufayli pudratchilar bilan shartnoma tuzilib, “Sayrob”, “Sarig‘iyozi”, “Bo‘zariq”, “Rabot” va boshqa kanallarga jami 10 ta “Aqlli suv” qurilmalari o‘rnatildi va oldindan ham o‘rnatilgan 3 ta qurilmalar vazirlik serveriga integratsiya qilinib, to‘liq ma’lumot borilishi ta’minlandi.
Tuman irrigatsiya bo‘limi rahbari Elmurod Qulmirzaevning ta’kidlashicha, mablag‘ izlash choralari ko‘rilib, qolgan kanallarda ham qurilmalar o‘rnatilishi ta’minlanadi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati