Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi Chap tarmoq kanalining 380-piketida “Suv inshootlarini raqamlashtirish va davlat xususiy sheriklik loyihasiga o‘tkazish" mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kanal va uning tarmoqlariga o‘rnatilgan 150 dan ortiq "Aqlli suv" qurilmalarni to‘g‘ri ishlatish, ularga kelib tushayotgan ma’lumotlardan samarali foydalanish, suv hisobini yuritishda fan-texnika yutuqlari va “nou-xau”larga e’tibor qaratish zarurligi xususida tushunchalar berildi.
Seminarda shuningdek, sug‘orish tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida investorlar boshqaruviga berish borasidagi ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlanib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati