“Toshrabot-O‘rtacho‘l” irrigatsiya tizimi boshqarmasi tomonidan kuzgi-qishki tadbirlar doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qiziltepa tumanidagi 8 ming 465 gektar sug‘oriladigan maydonlarni suv bilan ta’minlovchi “Zarmetan” kanalining 3,5 km qismini mashina-mexanizmlar yordamida tozalash va ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.
“Toshrabot-O‘rtacho‘l” irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i A.Fattoevning ta’kidlashicha, boshqarma tasarrufidagi barcha kanallar, gidrotexnika inshootlari hamda gidropostlar ko‘zdan kechirilib, zarur joylarda ta’mirlash-tiklash ishlari jadal olib borilmoqda.
Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati