“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Asaka tumani irrigatsiya bo‘limi tasarrufidagi “Niyozbotir” gidrouchastkasida ham ishchi-xodimlar ishtirokida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.
Asaka tumani irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazaqovning ta’kidlashicha, tadbir doirasida “Niyozbotir” gidrouchastkasining o‘zida yetishtirilgan 2500 ming tupdan ziyod ikki yillik terak ko‘chatlari suv xo‘jaligi obуektlari himoya mintaqasi bo‘ylaridagi 2,5 gektar maydonga o‘tqazildi.
Bunday tabirlar har bir suv xo‘jaligi ob’ektlarida davom etmoqda.
Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati