Markaziy Farg‘ona cho‘lining qoq o‘rtasiga joylashgan Ulug‘nor tumanida ekin maydonlarini sog‘lomlashtirishda o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan bo‘lib, tuproq shariotidan kelib chiqqan holda pol yoki chuqur pushta olinadi va shundan so‘ng suvga to‘yintirish boshlanadi.
Norin-Qoradaryo ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya boshlig‘i M.Yakubbekovning ta’kidlashicha, ayni kunlarda ushbu hududda yer osti suvlarini qochirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Soha mutaxassislarining hisob-kitobiga ko‘ra, kelgusi yil ekin-tikin ishlari boshlanganga qadar 3829 gektar maydonda sho‘r yuvish ishlarini o‘tkazish zarur. Jumladan, “Ulug‘norda omadli kelajak”, “Mamajon buva”, “Ulug‘norda Alibek”, “Ulug‘norda Sherzodbek” va yana boshqa qator fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarida pol olinib, shur yuvish ishlari boshlanmoqda.
Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati