Joriy yilning 23–24 noyabr kunlari Suv xo‘jaligi vazirligi hamda “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich” loyihasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Andijon va Farg‘ona viloyatlariga media-tur uyushtirildi. Unda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi dastur menejeri Aleksandr Zenebe, loyiha ekspertlari, respublika va mahalliy OAV vakillari qatnashdi.
Ishtirokchilar Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy tajriba stansiyasining ko‘rgazmali maydonida hamda Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi “Ko‘paysinobod” fermer xo‘jaligida bo‘ldilar.
Jahon banki ishtirokidagi “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich” loyihasining umumiy qiymati 228 mln. AQSh dollarni tashkil etadi.
Media-tur ishtirokchilari qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiyalarni amalda qo‘llash tajribasi hamda loyiha doirasida erishilgan natijalar bilan tanishdilar.
Axborot xizmati