Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tizimida yana bitta yangilikka qul o‘rilib, Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimida suv sathini keskin tushib ketishini oldini olish, ko‘l suvining mineralizatsiyasini yanada yaxshilash, baliqchilik sohasini rivojlantirish maqsadida Mirzaobod tumanidagi "Sardoba" kollektorida qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bu esa, Aydarko‘lga “Do‘stlik” kanali orqali yiliga 300 million kub metr suv yo‘naltirish imkonini beradi. Buning uchun davlat byudjetidan 100 milliard so‘m, shundan boshqa xizmatlar uchun 7 milliard so‘m, qurilish va montaj ishlariga 92,6 milliard so‘m pul mablag‘i yo‘naltirildi.
Umumiy uzunligi 16, 100 km bo‘lgan to‘yintiruvchi kanalning 8,31 kilometrida rekonstruksiya tiklash ishlari amalga oshirilib, 10 metrga 6 metrli 4 ta, 10 metrga 15 metrli 2 ta ko‘prik yangitdan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Quyi Sirdaryo ITHB matbuot xizmati