Bugungi kunda Uchqo‘rg‘on tumanida mavjud nasos stansiyalari, kanal va kollektor tarmoqlarini modernizatsiya qilish orqali suvni tejash, obi hayotni yetkazish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha harakatlar izchil davom ettirilmoqda.
Ayni yo‘nalishda bajarilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruhi Uchqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi.
Ishchi guruh fermer xo‘jaliklari tomonidan betonlashtirilgan hududlarni ko‘zdan kechirib, uning qirg‘oq qismlarida daraxt ko‘chatlarini ekish, qolgan ichki tarmoqlarni ham tozalash va betonlashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Ma’lumot uchun: Uchqo‘rg‘on tumanida fermer xo‘jaliklari balansida jami 1053 km ichki tarmoq ariqlari mavjud. Shundan hozirgi kunda 40 km ariqlar betonlashtirilgan.
Norin-Sirdaryo ITHB matbuot xizmati