Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor, Sh.Rashidov va Paxtakor tumanlari ekin maydonlarini suv bilan ta’minlab kelayotgan DM-1, DM-2 va DM-3 kanallarini betonlash ishlari boshlab yuborildi.
Jumladan, “Zomin” irrigatsiya tizim boshqarmasi jamoasi tomonidan o‘z tasarrufidagi DM-1 va DM-2 kanallarining salkam 22 kilometrida aynan shunday ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ayni kunlarda ushbu suv yo‘llarining loyiha ishlari yakuniga yetgan qismlarida beton olish uchun tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu boradagi yumushlarga 10 dan ortiq ekskavator, buldozer va yuk tashish mashinalari, yetarlicha ishchi kuchlari jalb etilmoqda.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati