Tomonlar dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, tatbiq etish va qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirishga kelishib oldilar.
Bugun imzolangan Memorandum doirasida suv xo‘jaligidagi mavjud barcha elektron tizimlar to‘laqonli va normal ishlashini ta’minlash maqsadida ular Raqamli texnologiyalar vazirligi “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga joylashtiriladi. Shuningdek, hozirga qadar yaratilgan elektron tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi va kelgusida yangilarini yaratish bo‘yicha hamkorlik qilinadi.
Axborot xizmati