Buxoroda irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstuksiya qilish ishlarida belgilangan reja ko‘rsatkichlarining ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda soha mas’ullari, suv xo‘jaligi obyektlarda qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib borayotgan pudrat tashkilotlari rahbarlari hamda loyihachilar ishtirok etdi.
Seminarda Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i E.Fayzillayev so‘zga chiqib, viloyatda vegetatsiya mavsumi boshlanguncha 43,4 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo kanallar, shuningdek, fermer va klaster korxonalari tomonidan 1200 km uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish rejalashtirilganligi, bugungi kungacha fermer va klaster korxonalari tomonidan 183,3 km uzunlikdagi ichki tarmoqlari betonlashtirilganligini ta’kidladi.
Ichki ariqlarni betonlashtirish ishlarini tashkil etish va kuzgi-qishki mavsumda amalga oshirilayotgan irrigatsiya-melioratsiya tadbrlari talab darajada emasligi qayd etildi.
Xo‘jaliklararo kanallarni betonlashtirish ishlarni borishi bo‘yicha “Buxorosuvqurilishinvest” DM rahbari O.Qodirov so‘zga chiqib, joriy yilning vegetatsiya mavsumigacha 9 ta obyekt, shundan bittasi yildan yilga o‘tuvchi obyekt (8 ta obyektda 43,4 km)ni betonlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 6,3 km uzunlikdagi kanallar betonlashtirilgani haqida axborot berdi.
Jumladan, Buxoro tumanidagi 10,6 km uzunlikdagi “Chorbakr” va “Shoxrud” kanallarini rekonstruksiya qilish ishlari boshlangan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 2,3 km uzunlikdagi qismida 6400 m3 tuproq ishlari hamda 1,2 km uzunlidagi qismida 415 m3 beton ishlari bajarilganligi, obyektda 80 nafar ishchi-xodim hamda 19 dona mashina-mexanizmlar jalb etilgan.
Kun tartibidagi navbatdagi masala bo‘yicha so‘zga chiqqan Amu-Buxoro ITHB boshlig‘ining o‘rinbosari A.Ro‘ziyevning ta’kidlashicha, 2023–2024 yillar kuz-qish davrida 390 km uzunlikdagi kanallarni tozalash, 227 dona gidrotexnika inshooti va 186 dona gidropostni ta’mirlash, 12350 km uzunlikdagi klasterlar va fermer xo‘jaliklari hisobidagi xo‘jalik ichki ariqlarni tozalash, 720 dona gidrotexnik inshootlari va 825 dona gidropostlarni ta’mirlash ishlari belgilangan bo‘lib, amalda 251 km uzunlikdagi kanallarni tozalash, 186 dona gidrotexnika inshooti va 150 dona gidropostni ta’mirlash, klasterlar va fermer xo‘jaliklari hisobidagi 9191,9 km uzunlikdagi xo‘jalik ichki ariqlar tozalash, 490 dona gidrotexnika inshoot va 540 dona gidropostni ta’mirlash amalga oshirilgan.
Cug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha 2023 yilgi Davlat dasturi doirasida o‘tkazilgan meliorativ tadbirlar natijasida sug‘oriladigan yerlarni sho‘rlanish darajasi kuchli sho‘rlangan yerlar 155 gektarga, o‘rta sho‘rlangan yerlar 393 gektarga va kam sho‘rlangan yeralar esa 1320 gektarga kamaygan. O‘tgan yilning shu kunidagiga nisbatan yer osti sizot suvlarning joylashish sathi 1,7 metrdan 2,7 metrga pasayishaga erishilgan.
Amu-Buxoro ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya hisobida 358 ta meliorativ obyekt mavjud bo‘lib, hozirgi kungacha ulardan 210 tasining kadastr hujjatlari shakllantiril. Shundan 210 ta kollektor davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Qolgan obyektlar davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Seminarda mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati