Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli A.Navoiy nomli nasos stansiya Jondor va Buxoro tumanlarining ekin yerlarini suv bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Bu kabi muhim suv inshootlarining texnik holatini o‘z vaqtida o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularning xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida havza boshqarmasi hamda tegishli sohaviy mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda o‘rganish ishlari olib boriladi.
Buxoro tumanida joylashgan mazkur nasos stansiyasida o‘tkazilgan seminarda Amu-Buxoro ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R.Rahmonov, “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasining Buxoro viloyat boshqarmasi inspektori S.Raximovlar ishtirokchilarga joriy yilning 5-yanvar sanasidada qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirib berdilar.
Jumladan, suv resurslaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsientini oshirish, kanal va ariqlarni betonlashtirish ishlarining borishi haqida ma’lumot berildi.
Bundan tashqari nasos stansiyalar vegetatsiya mavsumiga tayyorgarligi, agregatlarining texnik pasportidagi ko‘rsatkichi, elektr energiyasidan tejamkorlik asosida foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati