Ayni kunlarda Qorako‘l tumanida irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarida ish qizg‘in davom etmoqda. Jumladan, umumiy uzunligi 139 kilometrga teng ichki tarmoq ariqlarini betonlashtirish chora-tadbirlari jadallik bilan olib borilmoqda.
– Tumanimizda ichki sug‘orish tarmoqlarining umumiy uzunligi 1850 kilometrni tashkil etadi, – deydi tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Turg‘un Boboqulov. – Sug‘orish ishlari boshlangunga qadar fermer xo‘jaliklari tomonidan 139 kilometr uzunlikdagi ariqlar betonlashtiriladi. Jumladan, “Ziyorat” arig‘ining 2 kilometr masofadagi o‘zani texnika va qo‘l kuchi yordamida tozalanib, betonlashtirish ishlari jadal sur’atda olib borilmoqda.
Shuningdek, tumandagi “Samad Beshim”, “Kumush kalava agro”, “Jonibek Abdusalom o‘g‘li”, “G‘ofur Razzoq”, “Fazliddin Qilichbek”, “Latif Karim barhayot”, “Qorako‘l Islomjon Rahmon”, “Mirishkor Mirzabek”, “Hamro Hafiz zamini”, “Asliddin obod zamini”, “Quvvat Rustam Azima”, “Mullo Qilich bobo”, “Jig‘achi Omad Tuzkon”, “Oybek Shaxobiddin paxtakor” kabi fermer xo‘jaliklarida ham ichki xo‘jaliklararo ariqlarni betonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bu kelgusi dehqonchilik mavsumida ekin yerlariga obihayotning ravon va ortiqcha isrofgarchiliksiz yetib borishini ta’minlaydi.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati