2023-yil Davlat dasturi doirasida meliorativ obуektlarni tizimli ta’mirlash-tiklash ishlarida jami 16 dona (5 dona yildan-yilga o‘tuvchi, 11 dona yangidan boshlanuvchi) obуektlarga 36 850,0 mln. so‘m mablag‘lar ajratilgan. 1 160,4 km uzunlikda kollektor tarmoqlari, 72 dona gidrotexnik inshootlarni tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari, 40 dona kuzatuv quduqlarini avtomatik tarzda nazorat qilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
Bugungi kunda 11 ta meliorativ obуektlarni tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari yakunlanib, davlat qabul qilish komissiyasi dalolatnomasiga asosan topshirilgan. Ayni paytda 5 dona yildan-yilga o‘tuvchi obуektlarda ta’mirlash-tiklash ishlari davom etayapti.
Seminar o‘tkazilgan Qo‘shtepa tumanidagi K-4 kollektorini tizimli tamirlash-tiklash (1-bosqich) obуekti bo‘yicha tenderda “Orzu ta’mir qurilish fayz” MChJ g‘olib deb topilgan. Joriy yilning 1 yanvar holatiga 3 552,057 mln. so‘mlik ishlar bajarilib, 3 362,100 mln. so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan. Ushbu kollektorda bugungi kunda 2 dona ekskavator jalb etilib, jami 154,2 km kollektor tarmoqlarini tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilgan.
Ishlar ko‘zdan kechirilganda, D2 zovurining PK-0+00 dan PK-3+00 gacha bo‘lgan qismida kollektor otkos qiyaliklari loyiha bo‘yicha 1:1 etib belgilangan bo‘lsada, lekin 1:0,75 ga bajarilganligi aniqlandi. Bosh pudratchi “Orzu ta’mir qurilish fayz” MChJga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, obуektni belgilangan grafik asosida sifatli bajarib, o‘z muddatida foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Sirdaryo-So‘x ITHB boshlig‘i o‘rinbosari S.Muratov seminarda so‘zga chiqib, tizim tashkilotlari metallom topshirish bo‘yicha 2023-yil reja-ko‘rsatkichlarini 100 foizga bajarganini aytib o‘tdi.
Sirdaryo-So‘x ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya boshlig‘i Z.Ismoilov viloyatda 928 ta kollektor mavjud ekanligi, bugungi kunga qadar barchasiga pasport olinib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini, biroq kadastr ishlarini rasmiylashtirish yakuniga yetkazilmaganligini ta’kidladi. Bu boradagi ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Sirdaryo-So‘x ITHB matbuot xizmati