Buxoro vohasining ekin yerlarini suv bilan ta’minlashda nasos stansiyalari muhim o‘rin tutadi. Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi ixtiyorida 38 ta nasos stansiyalari mavjud. Ular yordamida tumanlararo va xo‘jaliklararo kanallarga obi hayot yetkazib beriladi. Nasos stansiyalarini ishchi holatida saqlash, nasos agergatlarini o‘z vaqtida ta’mirlash, suv inshootlarini bir maromda ishlatish bilan bir qatorda ularning faoliyati uchun belgilangan resurslardan, xususan, elektr energiyasidan tejamkorlik asosida foydalanish, resurstejamkor uskunalardan keng foydalanish borasidagi ishlar suv ho‘jaligi vazirligining irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari ishchi guruhi va boshqarma texnik muhandislari tomonidan doimiy nazoratga olingan.
O‘rganishlar jarayonida ishtirok etgan Suv xo‘jaligi vazirligining irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari bo‘yicha ishchi guruhi vakili nasos agregatlarini va ehtiyot qismlarini texnik soz holatda saqlash, energotejamkor qurilmalar o‘rnatish, texnika xavfsizligiga rioya qilish bo‘yicha ishlar qoniqarsiz tashkil etilganligini ta’kidlab, bu borada zarur tashkiliy choralar ko‘rilishi kerakligini to‘g‘risida ko‘rsatmalar berdi.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati