Amu-Surxon ITHB hamda havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi «Galasherik» nasos stansiyasida seminar tashkil qilindi. Unda soha mutaxassislari, nasos stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruviga olayotgan «Sho‘rchi Indenem cluster» MChJ vakillari ishtirok etdi.
Seminarda ta’kidlanganidek, mazkur nasos stansiyasi «Dayto‘lak» kanalidan suv olib, 125 gektardan ziyod ekin maydonlari, aholi tomorqalari, bog‘-rog‘larni obihayot bilan ta’minlaydi. 1985-yilda foydalanishga topshirilgan nasos stansiyasida 3 ta agregat bo‘lib, ularning uzluksiz ishlashiga 6 nafar xodim mas’ul.
Endilikda «Galasherik» nasos stansiyasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida «Sho‘rchi Indenem cluster» MChJ boshqaruviga o‘tkazilayapti. Seminar ishtirokchilariga davlat-xususiy sheriklik loyihalarining ahamiyati, xususiy sherikning manfaatlari hamda bajaradigan vazifalari, qabul qilinadigan suv xo‘jaligi obуektiga investitsiya kiritish tartibi, stansiya ishchilarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash choralari xususida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar aniq, tushunarli tarzda javob qaytarishdi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati