Kunchiqar mamlakat – Yaponiya bilan suv xo‘jaligi sohasida ham hamkorlik rivojlanmoqda.
Shu kunlarda ushbu mamlakatning Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi Siyosiy byurosi Xalqaro biznesini muhitini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Aoki Eyji boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda mehmon bo‘lib turibdi.
Suv xo‘jaligi vazirligida o‘tkazilgan uchrashuvda mehmonlar bilan suv omborlari, to‘g‘onlar va boshqa gidrotexnik inshootlarning xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Yaponiyalik mutaxassislar Toshkent viloyatidagi “Tuyabo‘g‘iz” va Samarqand viloyatidagi “Kattaqo‘rg‘on” suv omborini borib ko‘rdilar. Jumladan, mehmonlarning “Kattaqo‘rg‘on” suv omboriga tashrifida Suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i R.Rahimov va Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i A.Karimqulov hamrohlik qilib, inshootning xavfsizligi, uni saqlash, reablitatsiya qilish bo‘yicha muloqot qildi.
Ta’kidlash kerak, O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi tomonidan 2024-yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Yaponiyaning Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi hamkorligida “Suv dambalari xavfsizligi va ularning reablitatsiyasi” mavzusida qo‘shma ilmiy-amaliy seminar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Tashrif davomida seminarga tayyorgarlik va boshqa tashkiliy jarayonlar ham muhokama qilinmoqda.
Axborot xizmati