Baliqchi tumani hududi markaziy Farg‘ona cho‘liga tutash. Irrigatsiya-melioratsiya ishlarining davomiyligi bois yer osti suvlarining ko‘tarilishi keskin kamaydi va ushbu jarayon davom etmoqda.
Andijon viloyatidagi eng yirik bo‘lgan tumanda paxta hamda don yetishtirish uchun ajratilgan ekin maydonlarini sog‘lomlashtirish ishlari reja asosida olib borilmoqda. Norin-Qoradaryo ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya mas’ullarining aytishiga ko‘ra, Baliqchi tumanida 873 km uzunlikdagi ichki zovurlar mavjud. Shuningdek, xo‘jaliklararo 459 km uzunlikdagi zovurlar mavjudligi e’tiborga olinsa, ish ko‘lami yanada oydinlashadi.
Baliqchi tumani suv xo‘jaligi bo‘limi va viloyat meliorativ ekspeditsiyasi hamkorligida “TETROTEKS” paxtachilik klasterida kuzgi-qishki ishlarni tashkil etish borasidagi bugungi kun vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi va qolgan ishlarni tezroq yakunlashga alohida e’tibor berilishi ta’kidlandi.
Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati