Prezident Shavkat Mirziyoуev raisligida joriy yilning 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishda berilgan topshiriqqa binoan, Jizzax viloyati suv xo‘jaligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan daryo va kanallar, suv moborlari va zovurlar, irrigatsiya va melioratsiya inshootlari hududlarida 1 million 100 ming tup ko‘chat ekish rejalashtirib olindi.
E’tiborli tomoni shundaki, vohadagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi xayrli ishlarga Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlari suv xo‘jaligi tashkilotlarining 400 nafar vakillari ham o‘z hissalarini qo‘shishga ahd qilishdi.
Jumladan, Mirzacho‘l tumaniga Andijon viloyatidan 100 nafar hasharchi kelgan. Ular tuman suv yo‘llari atrofidagi bo‘sh yotgan yerlarga o‘zlari olib kelgan 128 ming tup ko‘chatlarni ekib, ushbu hududlarni yashilikka burkash niyatida.
Mirzacho‘l tumanining “Toshkent” qishlog‘idagi kanal bo‘yida uyushtirilgan hasharda Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari R.Qarshiуev, Mirzacho‘l tumani hokimi B.Mirzaqulov, andijonlik hasharchilar, tuman suv xo‘jaligi xodimlari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi. Ularning kuchi bilan qisqa muddat ichida 5 gektar yerga 20 ming tup ko‘chat ekildi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati