“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarda beminnat ko‘mak berish uchun Toshkent hamda vodiy viloyatlari suvchilarining 400 nafar vakili jizzaxlik hamkasblariga hasharga kelishgani haqida avval xabar bergan edik. Namangan viloyatidan kelgan miroblar Zarbdor tumanida bo‘lib turishibdi.
Ma’muriy binosi ana shu tumanda joylashgan tashkilot – Jizzax bosh nasos stansiyalari boshqarmasi jamoasi o‘z tasarrufidagi suv inshootlari hududi va atrofiga 75 ming tup ko‘chat ekishi ko‘zda tutilmoqda. Bu ishni amalga oshirishda shubhasiz, namanganliklarning yordami ayni muddao bo‘ladi.
– O‘zimiz bilan 100 ming tup ko‘chat olib keldik, – deydi Norin-Sirdaryo ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya boshlig‘i o‘rinbosari Kamolidin Toshboуev. – Bugun shu nihollarning 30 ming tupini Jizzax bosh nasos stansiyasiga qarashli 2-nasos stansiyasi muhofaza hududidagi bo‘sh yerlarga ekidik.
Ma’lumot uchun, vohaga vodiydan beminnat ko‘makka kelgan Andijon, Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlari suvchilari jizzaxlik hamkasblariga 800 ming tup ko‘chat tortiq qilishni ham ko‘zlab turishibdi...
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati