Tajribadan ayonki, agar obihayot yetarli darajada yetkazib berilmasa, unumdor hisoblangan dalalardan ham ko‘zlangan hosilni olib bo‘lmaydi. Ya’ni, uzog‘i bilan ikki-uch mavsum orasida unumdor maydonlar ham yaroqsiz holatga tushib, foydalanish imkoniyati cheklanadi. O‘tgan yili Surxondaryo viloyatida irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarining ayrimlarini rekonstruksiya qilish, ba’zi joylarda yangidan barpo etish, nasos agregatlarini almashtirish hisobiga ancha vaqtdan beri foydalanilmayotgan 7604 gektar zamin qayta foydalanishga kiritildi....
Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi tashkilotlar ma’muriy binolarini 2023–2024 yillar davomida to‘liq quyosh elektr panellari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Jumladan, jami 12 ta ma’muriy bino tomiga umumiy quvvati 277 kilovatt bo‘lgan muqobil energiya qurilmalari o‘rnatiladi....
Suv xo‘jaligi sohasidagi ma’muriy islohotlarning negizi quyi bo‘g‘indagi tizimni mustahkamlashga qaratilgan. Xususan, eng quyi bo‘g‘in hisoblangan tuman irrigatsiya bo‘limlari qoshidagi suv xo‘jaligining maxsus xizmatlari bilan iste’molchilarning munosabatlarini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash zarur. Iste’molchining murojaati, uning suv bilan bog‘liq muammosi quyi tizimda hal etilmasa, bundan o‘rta va yuqori bo‘g‘in o‘z vaqtida xabardor bo‘lib, muammoni tezkorlik bilan hal etish mexanizmi yo‘lga qo‘yilsagina “vazir-mirob-fermer” zanjiri amalda natija beradi va suv resurslarini boshqarishdagi byurokratik to‘siqlar bartaraf etiladi....
Dang‘ara tumanida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminarda bo‘lib o‘tdi....
Samarqand viloyatidagi suv xo‘jaligi ob’ektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda....
Norin daryosining Norin tumani “Istiqlol” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida qirg‘oq yemirilishining oldini olish uchun suv yo‘nalishini o‘zgartirish maqsadida uchta joyda shpora (damba) barpo qilish ishlari to‘liq yakunlandi....
“Karkidon” suv ombori 1962–1967 yillarda qurilgan bo‘lib, loyihaviy suv to‘plash hajmi 216,0 mln. m3 ni tashkil etadi. Ushbu suv inshooti Farg‘ona viloyati va Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyati chegarasida joylashgan bo‘lib, Isfayramsoy hamda “Janubiy Farg‘ona” magistral kanali orqali to‘ldiriladi....
Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi Qoradaryo, Maylisoy, Tentaksoy, Shahrixonsoy va unga quyiladigan Oqburasoy hamda Aravonsoyda kutilmagan sel va toshqinlar kuzatilib turadi. Daryo va soylar qirg‘oqlarida aholi punktlari, ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlar mavjudki, xushyorlikni taqozo etadi....
Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi suv xo‘jaligi ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda “Andijonsuvqurilishinvest” davlat muassasi jamoasinig xizmatlari beqiyos. Ushbu tashkilot xodimlari qurilish sifati bo‘yicha nazoratni olib borishadi. Loyiha tayyorlovchi “Andijon loyiha qidiruv” ekspeditsiyasi mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik bois xato yoxud kamchiliklar o‘z o‘rnida bartaraf etilmoqda....
Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Sariosiyo tumanida bahor-yoz oylarida sel, suv toshqinlari va ko‘chki mavjud hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan aloqador xizmatlar ishtirokida daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi....