Buxoro viloyatining ekin yerlari uchun asosiy suv manbai Amudaryo havzasi bo‘lib, sug‘oriladigan yerlarning obi hayotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda “Amu-Buxoro” mashina kanalining I-II navbati va “Amu-Qorako‘l” kanali katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, “Quyi-Mozor”, “To‘dako‘l” va “Sho‘rko‘l” suv omborlari ham viloyat uchun qo‘shimcha suv olish manbalaridir. Bundan tashqari, yilning asosan bahor oylarida Zarafshon daryosidan keladigan suvlar ham viloyat ekin yerlarining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda qo‘l keladi....
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Ishchi guruhi Sirdaryo viloyatidagi suv xo‘jaligi tashkilotlari hisobidagi bino-inshootlar va ular atrofidagi yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, suv xo‘jaligining maxsus xizmati faoliyatini tashkil qilish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli o‘rganib, muammolarni joyida hal etishda amaliy yordam bermoqda....
O‘zLiDeP Xorazm viloyati Kengashining navbatdagi yig‘ilishida Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axborotlari tinglandi....
Uchko‘рrik tumanida jami 241 kilometr uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash rejalashtirilgan. Bugungacha shuning 152 kilometri tozalab bo‘lindi....
Qo‘shtepa tumanining suvchilari qish chillasida ham sho‘r yuvish va g‘alla ekinzorlariga chilla suvi berishni susaytirganlari yo‘q. Bu sohadagi ish tobora avj oldirilayotgani tufayli hozirgacha 5715 gektar yerning sho‘rini yuvish rejasi 60 foizdan oshdi. Har kuni 150–200 gektar yerning sho‘ri yuvilmoqda....
Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Abduqayum Ubaydullaev Navbahor va Qiziltepa tumanlarida amalga oshirilayotgan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari, jumladan, kanal va kollektorlarni tozalash, ulardagi gidrotexnika inshootlari, gidropost hamda nasos agregatlarini ta’mirlash va fermer xo‘jaliklarning suv olish quloqlarini jihozlash, sho‘r yuvishga yerlarni sifatli tayyorlash va sho‘r yuvish ishlari bilan tanishdi....
Xalqimizda: «Cho‘ponning tayog‘idan, kelinning oyog‘idan» degan naql bor. Oilaga oqila, dono, tarbiyali kelin tushsa, o‘sha xonadon fayzli-barokatli bo‘larkan. Shu ma’noda so‘z yuritadigan bo‘lsak, Muzrabot tumani hududida joylashgan «Jayxun» nasos stansiyasiga yaqinda rahbarlikka tayinlangan Bahrom Abduqayumovning qadami qutlug‘ keldi, deyish mumkin. Gap shundaki, Amudaryodan suv tortib chiqarib, tumanning 6,5 ming gektar ekin maydonlari hamda aholi tomorqalarini obi hayot bilan ta’minlovchi nasos stansiyasi jamoasi mavjud 7 ta agregat hamda elektr dvigatellarini navbatma-navbat ta’mirlashayotgandi....
Surxondaryo viloyatida mavjud 326 ming gektar ekin maydonlarining 80 foizdan ortig‘i nasoslar yordamida sug‘oriladi. Shu jihatdan, viloyat qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlari rivojlanishi hamda dalalar, bog‘-rog‘lar, aholi tomorqalarida mo‘l va sifatli hosil yetishtirilishida nasos stansiyalari va ularda barakali mehnat qilayotgan muhandis-texnik xodimlarning xizmati beqiyos....
Ko‘pchilik yoshlar kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlarda tahsil olishdan ham ko‘ra oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni afzal bilishadi. Aslida har bir sohaning yetuk va bilimdon mutaxassisi bo‘lib tanilishi uchun kishining qaysi ilm dargohida ta’lim-tarbiya olgani o‘ta muhim emas. Shu ma’noda, so‘z yuritadigan bo‘lsak, Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining Denov tumani uchastkasi boshlig‘i Abdurahim Xo‘janazarov Bandixon suv xo‘jaligi va melioratsiya kasb-hunar kollejini bitirib ham rahbar bo‘lgan mahoratli mutaxassislardan biridir....
Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari R.Qarshiуev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatiga keldi. Ishchi guruhi suv xo‘jaligi tashkilotlari hisobidagi bino-inshootlar va ular atrofidagi yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, suv xo‘jaligini raqamlashtirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, elektr energiyadan samarali foydalanish, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, irrigatsiya-melioratsiya ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash-tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli o‘rganib, muammolarni hal etishda amaliy yordam bermoqda....