Buvayda tumanida joylashgan “Yangi hayot” nasos stansiyasida Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tomonidan seminar tashkil qilindi.
Seminarda elektr energiyasini tejash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, nasos stansiyalarida tejamkor qurilmalar o‘rnatish, kadastr hujjatlarini yuritish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, yordamchi xo‘jalik yeridan unumli foydalanish va samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Hamidjon BURHONOV,
Sirdaryo-So‘x ITHB matbuot kotibi