Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi matbuot xizmati tashabbusi bilan Jizzax bosh nasos stansiyasida sayyor seminar tashkil etildi.
Seminarda Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati rahbari X.Karimov so‘z olib, keng jamoatchilikni suv xo‘jaligi tizimida ro‘y berayotgan yangilik va o‘zgarishlar bilan muntazam tanishtirib borish, yurtdoshlarimizning tizimda amalga oshayotgan islohotlardan xabardorligini ta’minlash maqsadga muvofiqligini aytib o‘tdi.
Seminarda shuningdek, tez orada matbuot nashrlariga obuna davri boshlanishi, shu munosabat bilan Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan an’anaviy tarzda tavsiya etiladigan gazeta-jurnallarga obunani uyushqoqlik bilan tashkil etish haqida ham so‘z bordi.
Yakunda tadbir qatnashchilari JBNS qoshida tashkil etilgan “Jizzax cho‘lini o‘zlashtirish tarixi” muzeyini tomosha qilishdi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati