Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi, Payariq tumanida joylashgan “O‘zbekiston” nasos stansiyasida elektr energiyasidan samarali foydalanish va uni iqtisod qilish, nasos stansiyalarini ta’mirlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarining muhokamasiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda nasos stansiyalarida elektr energiyasini tejash, ta’mirlash-tiklash ishlarini jadallashtirish, o‘rnatilgan energotejamkor qurilmalar samaradorligi va tejalgan energiyaning kunlik monitoringini yuritish, jurnallarni to‘g‘ri yuritish, ishchi-xodimlarning texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi, yosh kadrlar uchun sharoit yaratib berish masallari muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihalari asosida xususiy investorlar boshqaruviga berilayotgan nasos stansiyalar faoliyati, nasos stansiyalari hududi hamda avankameralarni toza saqlash, obodonlashtirish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil qilish, yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berildi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati