Hazorasp tumani irrigatsiya bo‘limi tasarrufidagi “R.Sobirov” kanalining PK-91+00 qismidagi gidroinshootda suv xo‘jaligi ob’ektlarida yordamchi xo‘jaliklarni tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Xorazm viloyatidagi barcha suv xo‘jaligi tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilari bu yerda tashkil etilgan yordamchi xo‘jalik faoliyati bilan tanishdilar.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda ushbu yordamchi xo‘jalikda 4 bosh qoramol, 5 bosh qo‘y, 65 bosh tovuq, 6 bosh echki, 4 bosh kurka boqilmoqda. Bundan tashqari, kartoshka, sabzi, karam, pomidor, dukkakli va poliz ekinlari yetishtirilmoqda.
Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB matbuot xizmati