Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Nurli kelajak ishonch” fermer xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va undan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Unda aloqadar tashkilot va muassasalar mutasaddilari, soha mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari va klasterlar vakillari ishtirok etdi.
Seminar qatnashchilariga zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishda davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, tomchilatib, yomg‘irlatib, tuproq ostidan, egatlarga plyonka to‘shab va ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish omillari xususida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati