Qashqadaryo viloyatida suv xoʻjaligi tashkilotlari hisobidagi 256 ta 2 476 km magistral va xoʻjaliklararo kanallar boʻlib, shundan ushbu kanallarning 1 502 km qismi betonlashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2025-2026 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-389-sonli qarori ijrosi boʻyicha viloyatda suv xoʻjaligi tashkilotlari hisobidagi 406 km (35 ta) uzunlikdagi kanallarni bosqichma-bosqich betonlashtirish belgilangan.
Bunda 2024-yil Respublika byudjetidan 100 mlrd. soʻm mablagʻ hisobiga 90 km (9 ta) uzunlikdagi kanallar davlat dasturi asosida betonlashtiriladi va Xitoy Xalq Respublikasining 54 mln. dollar imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan 316 km (26 ta) uzunlikdagi kanallar betonlashtirish rejalashtirilgan.
Hozirda, obyektlarga 34 ta mashina-mexanizmlar ishga jalb qilingan, 6 ta obyektda ishlar boshlangan.
Amu-Qashqadaryo ITHB matbuot xizmati