Xalqimizda “Suv keltirgan elda aziz”, degan ajoyib naql bor. Havo harorati sovuqligiga qaramasdan, mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish, behuda yo‘qotilishining oldini olishda betonlash ishlari muhim o‘rinda turadi. Shuni inobatga olgan holda Farg‘ona viloyatida ham bu boradagi ishlarga alohida e’tibor berilmoqda.
Jumladan, ayni kunlarda Qo‘shtepa tumanidagi “Soyibjon Abdujabbor” fermer xo‘jaligida ham ichki ariqlarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda, shikastlangan lotoklarni ta’mirlash va betonlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, Buvayda va Bag‘dod tumanlarida ham suv resurslari isrof bo‘lishining oldini olish maqsadida betonlash ishlari amalga oshirilayotir.
Sirdaryo-So‘x ITHB matbuot xizmati