Suv xo‘jaligi tizimida irrigatsiya-melioratsiya obуektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya obуektlarini tizimli ta’mirlash-tiklash borasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
2022-yilda suv xo‘jaligi tizimida irrigatsiya obуektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga markazlashtirilgan kapital mablag‘lar hisobidan 868,5 mlrd. so‘m, melioratsiya obуektlarini qurish, rekonstruksiya qilish ishlariga 358,8 mlrd. so‘m, ta’mirlash-tiklash ishlariga 374,9 mlrd. so‘m, jami 1602,2 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratilgan.
Hisobot davrida jami 539 ta, jumladan, 226 ta irrigatsiya, 100 ta melioratsiya obуektlarida qurish va rekonstruksiya qilish hamda 213 ta melioratsiya obуektlarida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi. Shundan 621 ta obуektda (156 ta irrigatsiya, 79 ta melioratsiya obуektlarida qurish va rekonstruksiya qilish hamda 182 ta melioratsiya obуektlarida ta’mirlash-tiklash ishlari) qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan.
Ushbu loyihalar doirasida quyidagi ishlar bajarilgan:
- irrigatsiya obуektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 892,1 mlrd. so‘m (ajratilgan limitga nisbatan 103%) kapital mablag‘lar o‘zlashtirilib, 438,6 km kanallar, 141,8 km lotok tarmoqlari, umumiy suv chiqarish quvvati 17,4 m3/sek bo‘lgan nasos stansiyalar, 19,8 km bosimli quvurlar, 35 dona gidrotexnika inshooti, 54 dona tik sug‘orish quduqlari hamda 7 dona ko‘prik qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilgan;
- melioratsiya obуektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha jami 375,7 mlrd. so‘m (ajratilgan limitga nisbatan 105%) kapital mablag‘lar o‘zlashtirilib, 504,7 km ochiq kollektor tarmoqlari, 264,4 km yopiq-gorizontal drenaj tarmoqlari, 5 dona meliorativ nasos stansiya, 95 dona vertikal drenaj quduqlari, 418 dona kuzatuv quduqlari, 16 dona gidrotexnika inshootlari va 18 dona kollektorlardagi ko‘priklarda qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilgan;
- melioratsiya obуektlarini ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha esa jami 379,9 mlrd. so‘m (ajratilgan limitga nisbatan 101%) mablag‘lar o‘zlashtirilib, 15 455,0 km kollektor-drenaj tarmoqlari ta’mirlangan va tiklangan.
Suv xo‘jaligida kapital qurilish dasturlarini
shakllantirish va amalga oshirish boshqarmasi