Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish borasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
Respublikamizda 2022-yilda 230 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish 200 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini lazer tekislagich uskunasi yordamida tekislash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
2022-yil davomida respublika bo‘yicha jami 463,7 ming gektar maydonda, jumladan, 89,8 ming gektarda tomchilatib, 16,1 ming gektarda yomg‘irlatib, 5,6 ming gektarda diskret sug‘orish texnologiyalari joriy qilindi hamda 243,0 ming gektar maydonlar lazer uskunasi yordamida tekislandi.
Shu bilan birga, 72,9 ming gektarda egiluvchan quvurlar, 36,1 ming gektarda egatga plyonka to‘shab sug‘orish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan qishloq xo‘jaligi korxonalariga 2022-yilda 71,3 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratib berildi.
Suvni tejaydigan, ilmiy va innovatsion texnologiyalarini joriy qilish boshqarmasi