Irrigatsiya tizimlari va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish borasida 2023-yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
Joriy yilda vazirlik tasarrufidagi 5343 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, 5269 dona gidrotexnika inshootlari va 5 257 dona gidropostlarni ta’mirlash rejalashtirilgan. Shuningdek, jami 81 717,0 km uzunlikdagi xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini (shundan 17 566 km qismini mexanizm va 64 151 km qismini qo‘l kuchi yordamida) tozalash, ulardagi 13 940 dona gidrotexnika inshootlari va 13 651 dona gidropostlarni ta’mirlash hamda 19 407 dona fermerlarning suv olish quloqlarini jihozlash ishlari belgilangan.
Birinchi chorak yakuni bilan jami 1 987,0 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo irrigatsiya tarmoqlari tozalanib, 2 123 dona gidrotexnika inshootlari va 2 026 dona gidropostlar ta’mirlangan.
Shu bilan birga, 29 018,0 km uzunlikdagi xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarida tozalash va ulardagi 5 222 dona gidrotexnika inshootlari va 5 245 dona gidropostlarda ta’mirlash ishlari olib borilib, 6 663 dona fermerlarning suv olish quloqlari jihozlangan.
Irrigatsiya tizimlaridan foydalanish va
xalqaro aloqalar boshqarmasi