Xorijiy investitsiyalar ishtirokida 2022-yilda amalga oshirilgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot
Vazirlik tizimida 2022-yilda jami 118,15 mln. AQSh dollari, shu jumladan, 114,58 mln. dollar miqdoridagi xorijiy kreditlar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 3,57 mln. dollar miqdoridagi kreditlarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, hisobot davrida, 114,78 mln. AQSh dollari miqdoridagi xorijiy kreditlar (rejaga nisbatan 100,2%) hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 3,57 mln. dollar (rejaga nisbatan 100%), jami 118,35 mln. dollar o‘zlashtirilgan. Jumladan:
1. Osiyo taraqqiyot banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokidagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash” loyihasi doirasida 52,04 mln. dollar (rejaga nisbatan 100%);
2. Jahon banki ishtirokidagi “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi doirasida 17,2 mln. Dollar (rejaga nisbatan 100%);
3. Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi doirasida 10,69 mln. dollar (rejaga nisbatan 100%);
4. Jahon banki ishtirokidagi “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich” loyihasi doirasida 26,1 mln. dollar (rejaga nisbatan 100%);
5. Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokidagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (Faza-III)” loyihasi doirasida 8,85 mln. dollar (rejaga nisbatan 102,3%).
Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya
loyihalarini amalga oshirish markazi