Xorijiy investitsiyalar ishtirokida 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
Vazirlik tizimida 2023-yilda jami 125,3 mln. AQSh dollari, shu jumladan, 116,0 mln. dollar miqdoridagi xorijiy kreditlar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 9,3 mln. dollar miqdoridagi kreditlarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, hisobot davrida jami 40,49 mln. dollar, shu jumladan, 36,23 mln. dollar xorijiy kreditlar (rejaga nisbatan 101%) hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 4,56 mln. dollar (rejaga nisbatan 100%) o‘zlashtirilgan. Jumladan:
- Osiyo taraqqiyot banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokidagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash" loyihasi doirasida 10,3 mln. dollar (rejaga nisbatan 102%);
- Jahon banki ishtirokidagi “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich” loyihasi doirasida 4,7 mln. dollar (rejaga nisbatan 102%);
- Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokidagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (Faza-III)” loyihasi doirasida 7,7 mln. dollar (rejaga nisbatan 101%) o‘zlashtirilgan
- Jahon banki ishtirokidagi “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi doirasida 12,93 mln. dollar (rejaga nisbatan 100%);
- Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi "Orolbo‘yi havzasida iqlimga moslashgan holda suv resurslarini boshqarish" loyihasi doirasida 0,6 mln. dollar (rejaga nisbatan 100%).
Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya
loyihalarini amalga oshirish markazi
Xorijiy investitsiyalar ishtirokida 2023-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
Vazirlik tizimida 2023-yilning I choragi davomida jami 9,78 mln. AQSh dollari, shu jumladan, 7,5 mln. dollar miqdoridagi xorijiy kreditlar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 2,28 mln. dollar miqdoridagi kreditlarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, hisobot davrida jami 14,09 mln. dollar, shu jumladan, 11,81 mln. dollar xorijiy kreditlar (rejaga nisbatan 157%) hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 2,28 mln. dollar (rejaga nisbatan 100%) o‘zlashtirilgan. Jumladan:
- Osiyo taraqqiyot banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokidagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash” loyihasi doirasida 4,08 mln. dollar (rejaga nisbatan 338%);
- Jahon banki ishtirokidagi “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi doirasida 6,29 mln. dollar (rejaga nisbatan 126%);
- Jahon banki ishtirokidagi “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich” loyihasi doirasida 1,16 mln. dollar (rejaga nisbatan 106%);
- Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokidagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (Faza-III)” loyihasi doirasida 0,16 mln. dollar Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan (rejaga nisbatan 160%) va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 2,28 mln. dollar (100%) o‘zlashtirilgan.
- Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish” loyihasi doirasida 0,125 mln. dollar (rejaga nisbatan 125%) o‘zlashtirilgan.
Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya
loyihalarini amalga oshirish markazi